#sport_maktabi
Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda oʻquvchi-sportchilarning jismoniy tayyorgarligi ilmiy-amaliy oʻrganildi.
Xususan, mamlakatimizda sport boʻyicha yuqori sifatli ilmiy va innovatsion texnologiyalar orqali tadqiqotlar oʻtkazuvchi yagona tayanch oliy taʼlim dargohi yetakchi ilmiy xodimlari tomonidan yosh bokschilarning antropometriya, spirografiya, koordinatsion va funksional holatlari aniqlandi hamda dastlabki ma’lumotlar sifatida tahlil qilindi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 5-10-sinflar kesimida 146 nafar oʻgʻil-qiz boks mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy taʼlim standartlari asosida bilim olmoqda.