#uchrashuv
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Janubi-gʻarbiy harbiy maxsus okrugi qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida faoliyat olib borayotgan robototexnika, ART toʻgaraklari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti bilan hamkorlikda ochilgan dasturlash toʻgaragi aʼzolari yaratgan loyihalar va texnologik ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda general-mayor oʻquvchilarimizning bilimlari, loyihalariga yuqori baho berib, o‘g‘il-qizlarning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga munosib qoʻshishlariga tilak bildirdi.