"ZAKOVAT"NING HUDUDUY BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA

#zakovat
#hududiy_bosqich

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

⌛️Turnir 30 ta savoldan iborat boʻlgan uch bosqichda oʻtkaziladi.

📍Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.