Mazkur studiya Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab negizida tashkil etilgan bo'lib, uchta yo‘nalish - teatr san’ati, fashion design (kiyim dizayni) va mediasavodxonlikka ixtisoslashgan.
Shuningdek, studiyaning yangi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy ishlarini namoyish qilish, to‘plangan tajriba va o‘qishdan olingan taassurotlar bilan bo‘lishish maqsadida Toshkentdagi “Zamin Creative” studiyasi o‘quvchilari ham ijod maktabiga kelishdi.
✔️“Zamin Creative” ijod studiyalari yil yakuniga qadar Namangan, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.