"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva  «Zamin Education» loyihasi doirasida tashkil etilgan inklyuziv IT-oromgoh ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatganlari bilan tabrikladi.

 (https://zaminfoundation.ngo/oz/articles/it-oromgoh)✔️Mazkur IT oromgoh "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, bu yerda 5 kun davomida ishtirokchilar dasturlash va robototexnikani o‘rganishdi, kompyuter ilovalarini yaratish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.
 
Oromgoh yakuniga yetgani munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda  www.zamineducation.uz IT-platformasidagi resurslar kontenti yanada kengaygani haqida e’lon qilindi. 

❗️Bu platforma IT sohasiga qiziquvchi yoshlarning axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganishlari hamda sohadagi zamonaviy professional talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.