Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-sinfga qabul qilingan 40 nafar, 10-sinfga qabul qilingan 5 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-sinfga qabul qilingan 40 nafar, 10-sinfga qabul qilingan 5 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
✅Uchrashuvda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Oripov,  ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.Jamolova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Oripovalar tartib-intizom, odob-axloq qoidalari, to‘garaklar, kun tartibi, yotoqxona faoliyati haqida so‘z yuritishdi. Ota-onalar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. 
✅Shuningdek, muloqot davomida mas'ullar maktabda yagona o‘quvchi formasi tashkil etish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdilar. Ota-onalar bu borada o‘z takliflarini bildirishdi.