Hozirda Germaniyaning Myunxen shahrida xizmat safarida bo'lib turgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ZOOM orqali bog‘lanib, Agentlik tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarni tabrikladi:
- Shu vaqtgacha hammamiz bir tan va bir jon bo‘lib mehnat qildik: quvonarlisi – natijasi ham yomon bo‘lmadi. Albatta, qiyinchiliklar ham bo‘ldi, ammo birdamlik, ahillik, har bir xodimning o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashuvi hammasini yengib o‘tishga yordam berdi. Umid qilaman-ki, biz sizlar bilan shunday - bir jamoa bo'lib ishlashda, xalqimiz ravnaqiga birgalikda hissa qo'shishda davom etamiz. Barchamizga “1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni” muborak bo'lsin.
Onlayn yig‘ilishda Agentlik tizimidagi maktab vakillari ham so‘zga chiqib, ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy qutlashdi.