#imtihon_2023
#prezident_maktablari
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.
🗣Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
📁 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.
✅Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) beriladi.