#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN

Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan. Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan. Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.