Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.
Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:
Matematika (6-sinf)
Matematika (7-sinf)
Kimyo (7-sinf)
Kimyo (8-sinf)
Qanday hujjatlar talab etiladi?
➖ ishtirok etish uchun ariza;
➖ qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
➖ darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha);
➖ darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);
➖ bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.
Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli kitob@piima.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.