Gwen Caudwell boshchiligidagi Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Agentlik rahbariyati va masʼullar bilan ko‘rishishdi.

Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 2-avgust kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
 

Prezident maktablari imtihon bo‘ladigan manzillar ro‘yxati