#adabiy_tanlov
Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi “Sheʼryurak” adabiy tanlovining Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan 2-mavsumiga start berdi.
Tanlovda Respublikamiz bo‘ylab ijod qilib kelayotgan o‘quvchi-yoshlar va barcha shoirlar qatnashishi mumkin.
Ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizda qisqa ma’lumot, 5 ta she’ringiz va telefon raqamingiz joylangan word faylni joriy yilning 5-dekabriga qadar https://t.me/evtanlovbot manziliga yuborishingiz kerak bo‘ladi.
Gʻoliblarga quyidagi mukofotlar topshiriladi:
1-o‘rin uchun Noutbook;
2-o‘rin uchun Smartfon;
3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.
Tanlov haqida batafsil: Tanlov nizomi. (https://telegra.ph/Sheryurak-ijodiy-tanlovini-tashkil-etish-va-otkazish-togrisida-11-21)