#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlik tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tuman hokimi A.Donayev hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Zokirov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Shundan soʻng, maktabning sport majmuasida yoshlar oʻrtasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi kubogining tuman bosqichi oʻtkazildi. 

Bundan tashqari, tadbir davomida tumandagi harbiy qism hamda "Vatanparvar" tashkiloti masʼullari tomonidan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" mavzusida harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etildi.