OʻQUVCHIMIZ NAVBATDAGI TOʻLIQ GRANTNI QOʻLGA KIRITDI!

Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammaddiyor Olimjonov   (https://t.me/nampmuz/12531)AQShning Williams College oliygohiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi. Grant miqdori 282 ming AQSh dollarini tashkil etadi. 

Bu Muhammaddiyor qoʻlga kiritgan ikkinchi toʻliq grant! 

Maʼlumot oʻrnida, Williams College – ilmiy va akademik yutuqlari bilan mashhur boʻlib, eng ilg‘or ta’lim tizimiga ega oliy taʼlim muassasalardan biri sanaladi. Oliygoh U.S. News & World Report nashri reytinglariga koʻra, eng yaxshi qiymatga ega OTMlar ichida 1-o‘rin, eng yaxshi bakalavr ta’limi bo‘yicha 7-o‘rin, ilmiy tadqiqotlar va ijodiy loyihalar bo‘yicha 18-o‘rin, eng innovatsion oliygohlar qatorida 33-oʻrinda qayd etilgan.

Avvalroq, Muhammaddiyor Olimjonov Shanxay Nyu-York universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilingani, bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 248 000 AQSh dollarini tashkil qilishi haqida xabar bergan edik (https://t.me/piimauz/22248).