#Prezident_maktabi #Ijod_maktabi

BESH MUHIM TASHABBUS IJROSI

Andijon shahridagi Prezident maktabiga Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining Aktyorlik to‘garagi o‘quvchilari tashrif buyurib, o‘z ijod namunalarini namoyish etdi.

Ijod maktabining o‘quvchilari o‘zining teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan Prezident maktabi jamoasini xushnud etdi. O‘quvchilar “Kelinlar qo‘zg‘oloni” hamda “Zumrad va Qimmat” kabi milliy sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar.

Bunday ijodiy oqshomlar Agentlik tizimidagi maktablarning hamkorligi va ahilligini oshirishga xizmat qiladi.

https://t.me/piimauz/14168