Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulshan Tursunboyeva AQShning 6 ta nufuzli oliygohlari taʼlim grantlarini yutdi.
Ulardan 2 tasi toʻliq grant hisoblanib, endilikda oʻquvchimiz Xavier University (grant miqdori 248 000 AQSh dollari) hamda Tulane University (grant miqdori 288 000 AQSh dollari)da toʻliq moliyalashtiriladigan grantlar asosida bepul taʼlim olish imkoniyatiga ega.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!