Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi

#imtihon_2024 
#Prezident_maktablari
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari

 Bugun, 29-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 44 nafar talabgor, shundan:

📍Guliston shahridagi Prezident maktabiga 11 nafar;
📍Navoiy shahridagi Prezident maktabiga 3 nafar;
📍Nukus shahridagi Prezident maktabiga 10 nafar; 
📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar;
📍Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar;
📍Termiz shahridagi Prezident maktabiga 8 nafar oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilingan.