Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari ish samaradorligi reytingi
2022-yilning iyun oyi davomida Prezident ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod, 3 ta ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetining Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlar)ning 2022 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarimustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Agentlik tomonidan 2022-yil 14-mart kuni 24-AF-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas'ul xodimlari ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshirildi. Mazkur hujjatda Prezident ta’lim muassasalari agentligining Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarining Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini e’lon qilib borish vazifasi yuklangan.
Nizomga ko‘ra ta’lim muassasalarining Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodim faoliyatini baholashda:
– Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodim faoliyati ish hajmi (o‘tkazgan matbuot tadbirlari, ularda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki ta’minlangani, yoritilish qamrovining kengligi hamda bir vaqtning o‘zida tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar orqali jamoatchilikka yetkazib berish borasidagi talablar);
-Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimmas’ul xodim ish faoliyati sifati (matbuot tadbirlariga professional yondashuv, birinchi rahbarning ishtiroki, axborotni yetkazib berishda turli instrumentlardan foydalangan holda infografika, foto, video va matn shaklida jamoatchilikka taqdim etish mahorati);
–Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodim mas’ul xodim ish samaradorligi (ta’lim muassasasi haqidagi axborotni radio/televidenie, gazeta va jurnallar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalangan holda yorita olishi kabi bir qator yo‘nalishlar asosiy mezon qilib olindi.
Shunga ko‘ra, 2022-yil mart oyida ta’lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga layoqati bor xodimlarga mazkur vazifa yuklatildi va bu haqda Agentlikka ma’lumot taqdim etildi.
2022-yilning iyun oyida ta’lim muassasasalari taqdim etgan ma’lumotlar asosida jami 27 nafar OAVga mas’ul xodimdan 7 nafarining ish natijalari yuqori, 10 nafariniki o‘rta, 9 nafariniki qoniqarli, deya baholandi.
1 ta ta’lim muassasasi ma’lumot taqdim etmadi.
OAV va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimning 2022-yil 1-yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi reytingi*
(2022-yilning 1-yarmi)
№ |
Ta’lim muassasasi |
Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas'ul |
Ko‘rsatkich miqdori |
Bahosi |
1 |
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi |
Odilxo‘jaeva Maftuna Haqnazarovna |
50 |
Yuqori |
2 |
Guliston shahridagi Prezident maktabi |
Bekmuradova Sevara To‘xtamurodovna |
50 |
Yuqori |
3 |
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi |
Abduqodirov Abduhayot Bahodirjon o‘g‘li |
50 |
Yuqori |
4 |
Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab |
Ismoilov Fazliddin Baxriddin o‘g‘li |
50 |
Yuqori |
5 |
“Yangi O‘zbekiston” universiteti |
Mahmudova Sitora Sarvar qizi |
50 |
Yuqori |
6 |
Namangan shahridagi Prezident maktabi |
Mamadaliev Inomjon Islomjon o‘g‘li |
45 |
Yuqori |
7 |
Jizzax shahridagi Prezident maktabi |
Jumanov Lochinbek Habibullo o‘g‘li |
45 |
Yuqori |
8 |
Buxoro shahridagi Prezident maktabi |
Rayimova Nigina Bobo Nazarovna |
40 |
O‘rta |
9 |
Toshkent shahridagi Prezident maktabi |
Bobur Xo‘jamqulov |
40 |
O‘rta |
10 |
Nukus shahridagi Prezident maktabi |
Kalbaeva Minara Bauirjanovna |
40 |
O‘rta |
11 |
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi |
Norov Azizbek Yarashevich |
40 |
O‘rta |
12 |
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi |
Maksetov Kutlimurat Makset uli |
40 |
O‘rta |
13 |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
Sultonova Umida Ortukovna |
40 |
O‘rta |
14 |
Qarshi shahridagi Prezident maktabi |
Nurqulov Ramzbek Shernazar o‘g‘li |
40 |
O‘rta |
15 |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab |
Sodiqov Sobir Sidiq o‘g‘li |
35 |
O‘rta |
16 |
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi |
Yuldasheva Maxmuda Alikulovna |
35 |
O‘rta |
17 |
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi |
Sadullaev Boburjon Baxtiyar o‘g‘li |
35 |
O‘rta |
18 |
Andijon shahridagi Prezident maktabi |
Zuhriddinov Sarvarbek Omatjon o‘g‘li |
30 |
Qoniqarli |
19 |
Xiva shahridagi Prezident maktabi |
Rahimova Dilrabo Qahramonovna |
30 |
Qoniqarli |
20 |
Termiz shahridagi Prezident maktabi |
Tillovov Muhriddin Amanturdievich |
30 |
Qoniqarli |
21 |
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi |
Karimov Islom Ibraim o‘g‘li |
30 |
Qoniqarli |
22 |
Navoiy shahridagi Prezident maktabi |
Turabov Komiljon Shuxratovich |
30 |
Qoniqarli |
23 |
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi |
Oripov Shavkatjon Orif o‘g‘li |
30 |
Qoniqarli |
24 |
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab |
Zaripov Shaxboz Bozorboy o‘g‘li |
30 |
Qoniqarli |
25 |
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi |
Qosimov Sardorbek Sirojiddinovich |
30 |
Qoniqarli |
26 |
Samarqand shahridagi Prezident maktabi |
Abdurahmonov Sohib Abdusamatovich |
25 |
Qoniqarli |
27 |
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi |
|
20 |
Qoniqarli |
*Izoh:
1. Baholash Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2022-yil 14-martdagi 24-AF-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimlari ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshirildi.
2. O‘rganishlar 27 ta ta’lim muassasasini qamrab oldi. Baholash shartli ravishda 4 - yuqori, o‘rta, qoniqarli va past darajada toifalariga ajratildi. 7 nafarining ish natijalari yuqori, 9 nafariniki o‘rta, 11 nafariniki qoniqarli darajada, deb topildi.
3. Ta’lim muassasasining Jamoatchilik bilan ishlashga mas’ul xodimi tomonidan tegishli ma’lumot taqdim etilmagani yoki belgilangan mezonlarga mos tushmaydigan ma’lumot taqdim etilgani sababli savolnoma-jadvalning tegishli punktlari baholanmadi.