TARIXCHI OLIM BILAN JADIDLAR HAQIDA SUHBAT

#Farmon_ijrosi_amalda 
#Akademik_bilan_muloqot 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabida OʻzFA Tarix instituti direktori, akademik Аzamat Ziуо ishtirokida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida tarixchi olim oʻzbek jadidchiligi namoyandalari haqida soʻz yuritib, ularning orzu va maqsadlari Vatanimizni ilgʻor ta’limga, yuksak ma’rifatga, taraqqiyotga oshno qilish boʻlganligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, akademik Azamat Ziyo o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan. "Oʻzbek ayollari tarix sahnasida", "Amir Temur va Tugʻluq Temur", "Temuriylar davri Hindiston tarixnavisligi" kabi ilmiy ishlar muallifi.