Bugun, Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida 18-noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilinganiganligining 30 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, o‘quvchilarni milliy ramzimiz bayrami bilan qutlashdi. O'quvchilar tomonidan tashkillashtirilgan badiiy chiqishlar mehmonlar ko'nglidan joy oldi.
Bayram so‘ngida Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan “Maktab Prezidenti” saylovi natijalari ham e‘lon qilindi.