#uch_avlod_uchrashuvi
Agentlik tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Markaziy harbiy okrug, Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Navoiy garnizoni, Navoiy harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.
“Vatanni himoya qilish sharafli burch” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda o‘quvchi-yoshlarga harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.
Faxriy harbiylar bilan bo‘lgan suhbatda Vatanimizni asrab-avaylash, himoya qilish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi.
Muloqotda yoshlar oliy harbiy bilim yurtlariga kirish imtihonlari, o‘qish tartibi borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Harbiy orkestr sadolari, kuy-qo‘shiqlar va ko‘rgazmali chiqishlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.