YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

Namangan viloyatida yangi va zamonaviy tarzdagi Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda faxriy ustozlar, ota-onalar hamda nuroniylar qatnashdi.

Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan mazkur maktab 408 oʻringa moʻljallangan.