"Zamin" fondi “Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish” dasturi doirasida "Zamin Education" loyihasini boshladi. Asosiy maqsadlar eshitish qobiliyati zaif bolalarning kasbiy mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo'llab-quvvatlash, ularni oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o'qituvchilarining malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu loyiha birinchi "Zamin Education" o'quv resurs markazi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktab bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Sinfda ma’lumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna — FM-tizimi o'rnatilgan. Shuningdek, har bir o’quvchiga individual eshitish vositalari taqdim etilgan.
"Zamin" fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o'quv jarayoni bilan tanishish uchun ushbu sinfga tashrif buyurib, 102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning yuqori sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdi. Iliq muhitda bolalar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar va o'rganilayotgan mavzular haqida so’zladilar.
Birinchi o'quv-resurs markazining muvaffaqiyatli natijalaridan so'ng mamlakatning barcha 14 hududlarida “Zamin Education” sinflarini tashkil etish rejalashtirilgan.