12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

 12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan joriy etilgan o‘ziga xos ushbu bayramda turli xalqaro tashkilotlar dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning hayot tarzi, ularning qiziqishlari, ta’lim olish sharoitlariga qaratadi. Qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi va tahlil etiladi. 

Aytish lozimki, O‘zbekistonda ham qizlarning ta’lim olishi, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish borasida barcha qonunchilik asoslari va munosib sharoitlar yaratilgan. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6,4 mln nafar o‘quvchilarning 3,1 mln nafarini qizlar tashkil etadi.

⚡️Eng e’tiborlisi, vazirlik tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 200 mingga yaqin o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda bilim va kasb-hunar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu o‘quv maskanlarida qizlar kashtachilik, to‘quvchilik, pazandalik kabi yo‘nalishlar qatorida, rabototexnika, IT va boshqa ko‘plab zamonaviy kasb va bilimlarga doir bilimlarini oshirishmoqda. 

Bu ta’lim makazlarida qizlarni kasbga o‘qitish, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz o‘quvchi-qizlar!

➖ Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu muhim sana — qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman. O‘zbekona odob-axloq, go‘zallik va nafosat doimo sizlarga hamroh bo‘lsin!