14-fevral shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

14-fevral shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
__________
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.