Namangan shahridagi Prezident maktabida seminar tashkil etildi

Namangan shahridagi Prezident maktabi akademik direktori Rosetum Galos 1-chorak yakuni bo‘yicha imtihon topshirish tartibi va imtihon nazoratchisi majburiyatlari mavzusida yo‘naltiruvchi seminar o‘tkazdi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosari Bahodir Gulmatov va ijrochi direktor Oybek Zokirovlar hamkorligida o‘tkazilgan yig‘ilishda I chorak yakuni bo’yicha sinf hisobotlarini to’ldirish yo‘riqnomalari va kuzgi ta’til davriga rejalashtirilgan mahorat darslari mavzulariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.