Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlar Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan sahna ko‘rinishi, she’riy chiqishlar namoyish qilishdi. Mezbon maktab o‘quvchilari ham badiiy uchrashuvda she’rlar bilan ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, ijod maktablari orasida o‘zaro hamkorlik, iliq munosabatlar shakllanishi o‘quvchilar orasida yakdil maqsadlarning birlashuviga zamin yaratadi.