Adabiyot ixlosmandlari uchun "Tong nafasi ilhomlari" ijodiy tanlovi bo'lib o'tdi

Bugun, 1-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov ijod maktabida ijod maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "Tong nafasi ilhomlari" ijodiy tanlovi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlov Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan  "Adabiyot kunlari" tadbiri doirasida tashkil etildi.

Tanlov ikki bosqichda bo’lib o’tib, ishtirokchilar yozma va og’zaki imtihon topshirishdi. Jarayon ZOOM platformasi orqali onlayn berib borildi. 

Ishtirokchilar nazm, nasr, badiiy tarjima va  “Erkin Vohidov ijodi bilimdonlari” yo‘nalishi bo’yicha kuch sinashishdi. Ularning ishlari adabiyot vakillaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.