Agentligimiz tizimidagi  Farg'ona shahridagi Prezident maktabi oliy toifali geografiya fani

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi 

⚡️ Agentligimiz tizimidagi  Farg'ona shahridagi Prezident maktabi oliy toifali geografiya fani o'qituvchisi , 21 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog , "Xalq ta'limi a'lochisi"- Dilfuza Izbaevaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:                                                                                                                       
✅"Ustoz-2020" milliy mukofoti tanlovida ishtirok etib, “Ta'limda innovatsion g‘oyalar” nominatsiyasi bo'yicha taqdirlangan; 
✅ Ta'lim muassasalarida ekologik madaniyat va tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Yashil makon” metodik qo‘llanmasi muallifi;
✅ Pedagogik mahorat va Xalqaro baholash markazi tomonidan “Zamonaviy trener dasturi” doirasida o‘tkazilgan pedagogik mahorat mashg‘ulotlarida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
 ✅ Xalqaro iqtisod olimpiadasi Respublika bosqichida  o‘quvchisi Jaloliddin Abdumo‘minov faxrli 3-o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi;
✅“Barqaror rivojlanish uchun ta'lim  sohasidagi ilg‘or tajribalar” mavzusidagi tanlovda faol ishtirok etdi va YUNESKO tashakkurnomasi bilan taqdirlandi;
 ✅10 dan  ziyod  turli mavzulardagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;
✅ Mahalliy va mintaqaviy seminar va konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda;                    
✅O'quvchilari bilan birgalikda “Zamin” eco-education loyihasi doirasida "Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta'lim fondi (FEE) bilan hamkorlikda Eco-schools dasturida ishtirok etmoqda;
✅Farzandi Bexruz Izbaev  “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” mukofoti bilan taqdirlangan hamda "El-yurt umidi" fondining 2023-yilgi tanlovi g'olibi;
✅“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.