Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining bir guruh faol

#prezident_maktabi 

⚡️Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining bir guruh faol o'quvchilari Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi faoliyati hamda Boyovut tumani markazidagi yirik texnoklasteri bilan yaqindan tanishdi. 

🟢O'quvchilar "Boyovut Cotton textile" MCHJ fabrikasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanishib, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdilar. Mahsulotlar sifati qay darajada tekshirilishini kuzatdilar.

⏰ Bojxona boshqarmasida bojxona organlarining tashkil topishi, milliy bojxona tizimi tarixi va faoliyati to'g'risida ma' lumotlar berildi. Shuningdek,  maxsus  jangovar va zamonaviy texnika vositalari, zamonaviy sharoitlar, “Masofaviy elektron deklaratsiyalash”, bojxona xodimlarining faoliyati o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.