Agentlik delegatsiyasi Turkiya Respublikasining Ta’lim va tarbiya departamenti vakillari bilan uchrashishdi

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.

Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta’lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i  Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas’ullar bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida Turkiyada ta’lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o‘zaro fikr almashildi. 

Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.