Agentlik tasarrufidagi maktablar pedagog-kadrlari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan direktor o‘rinbosarlari, pedagoglar, Yoshlar yetakchilari va psixologlar uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda. 

Ushbu treninglar Agentlik direktori maslahatchisi E’zoza Karimova tomonidan olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand, Andijon va Qarshi shaharlaridagi Prezident maktablarida tashkil etilgan seminarlarda Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari pedagog xodimlari ham ishtirok etdilar. 

Seminar-treninglar doirasida:
➖ o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishni ta’minlash; 
➖ o‘quvchilarda jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar va  islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish; 
➖  ommaviy madaniyat taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini oshirish;
➖  psixolog va tarbiyachilarning ish jarayonini tashkil qilish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘rsatmalar berildi.