Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga tanlovda ixtisoslik fanlaridan qatnashayotgan pedagog-kadrlar uchun tashkil etilayotgan seminar-treninglar boshlandi

🔰Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga tanlovda ixtisoslik fanlaridan qatnashayotgan pedagog-kadrlar uchun tashkil etilayotgan seminar-treninglar boshlandi. 

Ushbu mashg‘ulotlar "Zamonaviy trener" haftaligi davomida saralangan trenerlar tomonidan quyidagi hududlarda bo‘lmoqda:
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
✅Xorazm viloyati
✅Navoiy viloyati
✅Buxoro viloyati
✅Qashqadaryo viloyati
✅Surxondaryo viloyati
✅Samarqand viloyati.

Pedagog kadrlar uchun:
📘 "O‘quvchilar bilan ijobiy muhit yaratish" 
📘"Formativ va summativ baholash tamoyillari"
📘"STEAM yondashuvida tadqiqotga asoslangan taʼlim"
📘"Darslarda IT tatbiqi" mavzularida seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi. 

📌Mashg‘ulotlarga Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan mahalliy trener-pedagoglar va xalqaro o‘qituvchilar jalb qilingan.
Ushbu trening Cambridge metodikalari asosida o‘qituvchilar uchun bo‘lmoqda.