Agentlik tizimidagi ijod maktablari o'rtasida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 212 yilligiga bag'ishlab ijodiy ishlar tanlovi bo'lib o'tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi  Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 212 yilligi munosabati bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablarining o‘quvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.          

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

Nazm - “Ogahiy hamisha barhayot" mavzusida sher'lar (Hajmi 20 misradan kam bo'lmagan);
"Ogahiy g'azallarining mohir ijrochisi" mavzusida videorolik (Davomiyligi - 2-5 daqiqa, hajmi 30 mbdan oshmagan holda);
“Ogahiy – yetuk tarjimon” mavzusida ijodiy ish (“Qobusnoma“ asari misolida. Ijodiy ish turi erkin (taqdimot, videorolik, rasm, audiovizual va sahna ko'rinishlar videosi va boshqalar).          

 Ijodiy ishlarni  +998 93 753 06 05 telegram raqamiga yuboring.

Har bir yo‘nalishda 3 nafar g’olib aniqlanib, diplomlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
   
Ijodiy ishlar 15-dekabr kuni soat 24:00 ga qadar qabul qilinadi.