Agentlik tizimidagi Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab 

⚡️Agentlik tizimidagi Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sevara Abdullayevaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

✅Bir necha metodik qoʻllanmalar muallifi, xususan;
✅ "O'quvchilarga fonetika bo'limini o'qitishda innovatsion yondashuv" mavzusidagi metodik qo'llanmasi ommalashgan;
✅ "Adabiyot darslarini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish" mavzusidagi ilmiy maqolasi muallifi va Respublika konferensiyasi ishtirokchisi;
✅ "Yilning eng yaxshi o'zbek tili oʻqituvchisi" tanlovining Respublika bosqichi g'olibi;
✅ "Xalq taʼlimi aʼlochisi" ko'krak nishoni sohibi; 
✅ Jamiyatdagi faol ayollar haqida yozilgan "Qadamingda gullar ochilsin" nomli to'plamga erishgan yutuqlari kiritilgan. 
✅10 dan ortiq oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yuqori ballar bilan talabalikka qabul qilingan;
✅ Ijodkor oʻquvchilaridan Olimjonova Zahro va Nabijonova Muazzamning ijod namunalari "Yoniq yuraklar" to'plamida chop etilgan;
✅Fan olimpiadalarida 10 dan ortiq o'quvchilari yuqori o'rinlarni egallashgan. 

💫 O‘qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!