Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida dars beruvchi professor o'qituvchilar bilan suhbatlashishda davom etamiz (Video)

Bugungi suhbatdoshimiz - "Yangi O'zbekiston" universitetida faoliyat boshlagan hindistonlik professor Dr. Minesh S. Ade.  

Doktor Minesh "Yangi O'zbekiston" universitetida Dasturiy ta'minot fakultetida dars beradi. 

- Mazkur universitetning aynan Prezident tashabbusi bilan tashkil etilganligi meni o'ziga jalb qildi.  Zero, ushbu universitetda men va menga o'xshagan o'qituvchi mutaxassislarning rivojlanishi uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud ekanligini ko'ryapman. (Video)