Andijon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Dilyorbek Valijonov Vengriyaning Seged shahrida

#prezident_maktabi 
#motivation_time 

⚡️ Xabaringiz bor, Andijon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Dilyorbek Valijonov Vengriyaning Seged shahrida oʻtkazilgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. 

🟢 Dilyorbek maktabidagi oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi.  Davra suhbatida u oʻquvchilarga Xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlish, ilm olish va shaxsiy rivojlanish borasida oʻz tajribalari haqida soʻzlab berdi. 

⏰  Shuningdek, maktabda informatika faniga qiziquvchi oʻquvchilarni Xalqaro olimpiadaga tayyorlash boʻyicha mahorat darslarini yoʻlga qoʻyish taklifini berdi.

📍 Andijon shahridagi Prezident maktabi