Azimjon “Pagodane” onlayn olimpiadasida kumush medal sohibi boʻldi

 

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh kimyogar va biologlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-sinf oʻquvchisi Jamolov Azimjon “Pagodane” onlayn olimpiadasida kumush medal sohibi boʻldi.

Pagodane Qozogʻiston Respublikasining kimyo fanidan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻquvchilar orasida har yili oʻtkazilib boriladi.

Onlayn olimpiadada jami 200 nafarga yaqin turli mamlakatlardan ishtirokchilar qatnashgan boʻlib ular orasida 7-8 sinflar, 9-sinflar va 10-12 sinflar bor edi. 9 sinf oʻquvchilari uchun 6 ta vazifa va 4 soat berildi. Vazifalar xalqaro olimpiadalar darajasiga yaqin qilib tuzilgan.

Maʼlumot oʻrnida Jamolov Azimjon “The 6th International Chemical Competition” da kumush medal, Kimyo fanidan XVI va XVII Xalqaro “Mega-Talant” olimpiadalarida 2 marotaba 2-oʻrin, “Высшая проба” Butunrossiya olimpiadasida 3-oʻrinlarni, “INNOVUM” I Respublika onlayn-olimpiadasida 1-oʻrin, “The 6th Online Olympiad at Pagodane” da 2-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.