#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 

Agentligimiz tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Feruzabonu Samijonova AQSh Davlat Departamentining Taʼlim va madaniyat ishlari boʻyicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi gʻolibi boʻldi.

Ikki bosqichda oʻtkazilgan ushbu tanlovda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

F.Samijonova 2023-yilda (Jugendkurse in Deutschland) grant yutib Germaniyada bo’lib qaytgan edi.