O‘zbekiston-BAA parlamentlararo do'stlik qo'mitasi hamraisi Agentlikda

 Birlashgan Arab Amirliklari Federal Milliy Kengashining parlamentlararo aloqalar bo'yicha kotibi o'rinbosari, O‘zbekiston-BAA parlamentlararo do'stlik qo'mitasi hamraisi Nidal Muhammed bin Shirbak al Basti boshchiligidagi delegatsiya Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib, maktab hayoti bilan tanishdi.

Mehmonlar Agentlik rahbari Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, robotexnika xonalari va o'quvchilarning mualliflik loyihalari bilan tanishishdi. O'zbekistondagi ta'lim tizimidagi o'zgarishlarni hamda yoshlarning ta'lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida e'tirof etishdi.