Diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining ijod maktabi o'quvchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun, 24-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, shuningdek o'quvchilarning kelajak loyihalari va qiziqishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Uchrashuv so’ngida tashkil etilgan muloqotda ijod maktabining xalqaro tashkilotlar bilan kelajakdagi hamkorlik rejalari belgilandi.