Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun Turkiya universiteti professori tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari bo'lib o'tdi.

Turkiyaning Artvin Choruh universiteti professori Erhan Giray tomonidan  Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. 

Joriy yilning 16-dekabr kuni Turkiyaning Artvin Choruh universiteti professori Erhan Giray va Farg'ona Davlat Universitetining bir guruh professor o'qituvchilari ijod maktabiga tashrif buyurishdi.  

Tadbir avvalida o‘quvchilar tomonidan tashkillashtirilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Professor Erhan Giray o'quvchilarga  turk xalqi madaniyati, tarixi, ilm – fani haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ma'lumot o'rnida, Erhan Giray - O‘zbek adabiyoti vakillari Abdulla Qahhor va Primqul Qodirovning turk tiliga tarjima qilgan. Tadbir so'nggida pedagog-kadrlar va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga  javob oldilar. 

Uchrashuv yakunida maktab direktori tomonidan, Turkiyadagi yozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqot qilish  taklifi bildirildi.