Guliston shahridagi Prezident maktabida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev bilan Hokim va yoshlar uchrashuvi bolib otdi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari viloyat hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollari hamda takliflari bilan murojaat qilishdi.

Shuningdek, Akmaljon Mahmudaliyev maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, laboratoriya mashg‘ulotlari hamda robotatexnika xonalari bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat hokimi Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilarini erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, hokimlik tomonidan Samarqand va Buxoro viloyatlari uchun 50 kishilik 2 kunlik bepul sayohat vaucherini taqdim etdi.