Ichki Ichlar sohasi vakillarining Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 15-dekabr kuni IIV faxriysi, general-mayor Telman Murodxodjayev, IIV Akademiyasi kursantlari va IIV huzuridagi “JIED” tezkor harakatlanuvchi otryadi xizmatchilari tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun “OSOYISHTALIK ORTIDAGI TIKANLI YO‘L!” mavzusida ikki bosqichda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning birinchi bosqichida IIV faxriysi va Akademiya kursantlari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda general-mayor tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim-tarbiya jarayoniga oid qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda “Uchunchi renessans”da yoshlarning, ayniqsa maktab o‘quvchilarining oldida turgan dolzarb vazifalar keng yoritib berildi.

Ikkinchi bosqichda esa, Vazirlik huzuridagi “JIED” tezkor harakatlanuvchi otryadi xizmatchilari tomonidan zamonaviy zirxli harbiy avtomashina va amaldagi qurol-yaroqlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, o'quvchilarga bu borada ma'lumotlar berildi.