Ijod maktabida "Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq" mavzusida ochiq dars tashkil etildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Korrupsiya rivojlanishimizga to'siq" mavzusida tadbirlar o'n kunligi e'lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan ijod maktabining oliy toifali tarix  o'qituvchisi Ravshan Xolov tomonidan ochiq dars o'tkazildi. 

Dars debat tarzda tashkil etilib,  unda o'quvchilar mavzuga oid o'z fikr-mulohazalarini erkin bayon etdilar. 

Dars mavzusiga oid videolavha va fotoslaydlar namoyish etildi.