Ijod maktablariga komyuter topshirildi

Xabaringiz bor, 10-sentabr kuni Prezidentimiz tomonidan ta'lim mavzusida o‘tkazilgan video-selektorda elchixona vakillarining xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishga mas'ulligi belgilab qo‘yilgandi.

Agentlik bu borada elchixona vakillari va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, bugun Agentlik tizimidagi A.Qodiriy nomidagi ijod maktabida ma'rifiy tadbir bo'lib, unda Vazirlik vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqdi:

-Biz almashinuv dasturlari, o'qituvchilar malakasini oshirish va xalqaro tanlovlarda o'quvchilarimiz ishtirokini ta'minlash kabi sohalarda TIV va elchixona vakillari bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Xalqaro maydonda o'z kuchingizni sinab ko'ring deymiz - zero, raqobat bor joyda o'sish bor. Bu imkoniyatlarning bari siz yoshlar uchun.

Tadbir so'ngida mamlakatimizning  Turkiyadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan 50 dona kompyuter Agentlik tizimidagi ijod maktablariga topshirildi.