IT Oromgohida onlayn va offlayn darslar davom etmoqda

Respublikadagi Imkoniyati cheklangan maktab o'qituvchilariga Robototexnikadan malaka oshirish darslari o'tilmoqda.

Bugun IT oromgohda onlayn va offlayn darslarimizning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Onlayn darslar davomida o'quvchilar: 
⁃ Dasturlash asoslari(Python) 
⁃ Frontend (Javascript, react)
⁃ Backend(Django)
⁃ . NET
 ⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook);

Offlayn darslarda esa: 
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
⁃ Robototexnika bo'yicha
⁃ Media yo'nalishlari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar. 

📌 Ma'lumot o'rnida, Grafik dizayn , Media hamda Robototexnika yo'nalishlari bo'yicha  Mehribonlik uyi va 102, 104, 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o'quvchilariga ta'lim berilmoqda.

Oromgohda darslar davom etadi...