Italiyaning Uffitsi galereyasi rahbari Eike Shmitd boshchiligidagi delegatsiya Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bo‘lishdi

Bugun Italiyaning Uffitsi galereyasi rahbari Eike Shmitd boshchiligidagi delegatsiya Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bo‘lishdi. 

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Agentlik faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar, shuningdek, istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Uffitsi galleriyasi vakillari tomonidan Agentlik bilan hamkorlikda gallereyaning video materiallari o‘zbek tiliga tarjima va dublyaj qilinganligi muvaffaqiyatli loyiha bo‘lganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar uchun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur o‘tkazildi.