Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti

#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, keng koʻlamli ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

✅Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus vakili Darren Perrett Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Hamkorlik doirasida Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.