Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi 

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori (DSc), "Xalq ta’limi a’lochisi"- Javlon Ibragimovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

 ✅ "O‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilishning metodologik asoslari" mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini himoya qilgan;
✅ “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
✅Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy etilgan milliy sertifikatga ega bo‘ldi (84%);
✅"O‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchilari va ularning modellari" mavzusida filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan;
✅ 2013, 2014, 2016, 2021-yillarda o‘quvchilari fan olimpiadasida respublika bosqichida ishtirok etgan;
✅50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi;
✅10 dan ortiq o‘quvchilari respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida g‘olib bo'lgan;
✅4 nafar tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda;
✅"Xalq taʼlimi aʼlochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📍 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

💫 O‘qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!